• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarining bugungi musobaqalarida 10 nafar vakilimiz qatnashadi

“Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarining bugungi musobaqalarida 10 nafar vakilimiz qatnashadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 10:28
Bugun, 4 sentyabr kuni Fransiya poytaxti Parijda davom etayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yettinchi kungi musobaqalarida matonatli va irodali sportchilar 14 ta sport turi bo‘yicha bahslashadi.

Kun davomidagi musobaqalarda 10 ta sport turining 75 ta medallar jamlanmasi uchun shiddatli bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning 10 nafar irodali sportchisi para velosport, para o‘q otish, para suzish va para yengil atletika musobaqalarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.



Ettinchi kungi musobaqalar ostonasida paralimpiyachilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan 182 ta davlat orasida umumjamoada kuchli o‘nlikda bormoqda.

Davlatlar kesimida 53 ta oltin, 40 ta kumush, 22 ta bronza medaliga ega Xitoy vakillari peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya (30-18-13), AQSh (20-18-11) delegasiyalari bormoqda.


Bugun kun mobaynidagi Paralimpiya bahslarida para velosportchilarimizdan G‘olibbek Mirzayorov, Azimbek Abdullayev, para o‘q otishda Server Ibragimov, Shahnoza Mamajonova, para suzishda Dmitriy Xorlin, para yengil atletikada Kubaro Hakimova, Madina Muxtorova, Urganch Egamnazarov, Roziya Ergasheva va Shahina Yigitaliyeva ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 8 sentyabrga qadar davom etadigan Paralimpiya o‘yinlarida 182 ta davlatning 4 ming 400 nafar para sportchilari qatnashmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati