O‘zbekiston – Gonkong o‘yinida maydonga yugurib chiqqan muxlislar qamaldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 13:32
Futbol bo‘yicha JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Gonkong uchrashuvida o‘yindan so‘ng bir nechta muxlislar maydonga yugurib chiqqani videosi tarqalgandi.Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, mazkur muxlislar huquqni muhofaza qiluvchi xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan ularga ham qarshilik ko‘rsatishgan. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga yetmagan shaxs bo‘lgani sabab ularning ota-onalari ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Voyaga yetgan uch nafar shaxsning ikki nafari 5 sutkadan, biri esa 7 sutka qamoq jazosini olgan.O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyevning aytishicha, ushbu holat uchun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi jarimaga tortilgan. Bunday holatlar davom etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga salbiy ta’sir qiladi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati