“Barselona” yangi yilda Olmo bilan xayrlashishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 10:16
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoaning yangi a’zosi Dani Olmoni faqat shu yilning oxirigacha ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgan.

Manbaning qayd etishicha, agar kataloniyaliklar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq muammolarni hal qila olmasa, ispaniyalik yarim himoyachi 1 yanvar kuni jamoa tarkibidan chetlatilishi mumkin. Avvalroq “Barsa” Olmoni Andreas Kristensen jarohati tufayli bo‘shab qolgan o‘rin evaziga ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.

Dani o‘tgan yozda Kataloniya grandiga o‘tdi va klub bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. La Liganing joriy mavsumida 26 yoshli futbolchi ikkita o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati