Desham Mendining o‘rniga boshqa futbolchini chaqirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 10:08
Millatlar ligasi doirasida Italiya va Belgiyaga qarshi o‘yin uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirilgan "Real Madrid" chap qanot himoyachisi Ferland Mendi bu o‘yinlarda terma jamoasiga yordam bera olmaydi.

Fransiya futbol federasiyasi 29 yoshli futbolchining o‘ng oyog‘ining oyoq suyagidan jarohat olgani va shu sababli terma jamoa safiga qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Uning o‘rniga "Aston Villa" himoyachisi Lyuk Din chaqirildi.

6 sentyabr kuni fransuzlar Italiyani qabul qilsa, 9 sentyabr kuni ham o‘z maydonida Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati