Kongodagi qamoqxonadan qochishga uringan 130 ga yaqin odam halok bo‘ldi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-09-2024, 10:02
Ichki ishlar vaziri Jakmen Shabani X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berganidek, voqea 2 sentyabrga o‘tar kechasi, qamoqxonada tartibsizlik boshlanganida sodir bo‘lgan. O‘limlardan tashqari, kamida 59 kishi jarohatlangan, shuningdek, qamoqdagi ayollarni zo‘rlash holatlari ham qayd etilgan.
To‘polon paytida mahbuslardan birortasi qochishga muvaffaq bo‘lganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Mahalliy aholining aytishicha, xavfsizlik kuchlari jasadlarni qamoqxonadan mashinalarda olib chiqishdan oldin bir necha soat davomida otishma ovozlari eshitilgan, deb xabar beradi AFP.
Ichki ishlar vazirligi rahbari jazoni ijro etish muassasasiga katta miqdorda moddiy zarar yetkazilganini ma’lum qildi – qamoqxonaning ma’muriy binolari, qamoqxona kasalxonasi va oziq-ovqat ombori butunlay yonib ketgan.
Makala qamoqxonasi Kongo Demokratik Respublikasidagi eng katta qamoqxona hisoblanadi. U 1500 mahbus uchun mo‘ljallangan, biroq rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, unda bundan 10 baravar ko‘p – 14 000 dan 15 000 gacha mahbuslar bor.