Peti: Boelining pul sarflash usuli ... Juda kulgili

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 09:30
Fransiya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni, “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti klub xo‘jayini Todd Boelining transfer siyosatini tanqid qilib, London jamoasidagi hozirgi holat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Agar "Chelsi"ning hozirgi futbolchisi bo‘lganimda, o‘zimga ko‘p savollar bergan bo‘lardim, deb aytgandim. Bu yerga kelib to‘g‘ri qildimmi, axir kiyinish xonasida 40-45 nafar futbolchi bo‘lsa kerak. Men bu haqda kuldim, lekin buning kulgili joyi yo‘q, chunki qanday qilib 45 nafar futbolchi bilan mashg‘ulot o‘tkazish mumkin? Maksimal - 25 nafar futbolchi yetadi.

"Chelsi" transferlarini baholash? Rostini aytsam, men endi ularni kuzatmayman, chunki bu kulgili bo‘lib bormoqda. Boeli juda ko‘p puli borligidan xursandman. Lekin uni qanday sarflashi... Bu Amerika sporti emas. Bu Yevropa. Moliyaviy feyr-pley kabi qoidalar bor, shuning uchun ular qoidalar doirasida qolish uchun futbolchilar bilan yetti, sakkiz, to‘qqiz yillik shartnomalar tuzadilar" - dedi Peti.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati