Zaxaryanning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 09:24
Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubi matbuot xizmati rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning jarohatidan forig‘ bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Avgust oyi boshida Zaxaryan jarohat olgan to‘pig‘idan operasiya qilingan edi.

"Arsen Zaxaryan reja bo‘yicha jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda. U qachon maydonga qaytadi? Sentyabrda maydonga qaytish dargumon. Rejaga ko‘ra, Zaxaryan oktyabr oyida umumiy guruhga qaytishi kerak", — dedi "Real Sosyedad" matbuot xizmati.

"Real Sosyedad"ning navbatdagi o‘yini 14 sentyabr kuni "Real Madrid"ga qarshi o‘z uyida bo‘ladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati