Rossiyada gipertovushli qurol ixtirosida qatnashgan olim 15 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 09:10
Moskva sudi gipertovushli qurol texnologiyasi ustida ishlagan fizik Aleksandr Shiplyukni davlatga xiyonat qilishda ayblab, 15 yilga hukm qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi

Shiplyuk Rossiya Fanlar akademiyasi Nazariy va amaliy mexanika instituti direktori hisoblanadi. U harbiy texnologiya ustida ishlagan jamoasining jinoiy javobgarlikka tortilgan eng so‘nggi a’zosidir. Olim 500 ming rubl (salkam 5700 dollar) miqdorida jarimaga ham tortilgan va unga qo‘shimcha ravishda 1,5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Shiplyukning tadqiqotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri oqimli havo-reaktiv dvigatelli gipertovushli parvoz qurilmalarining tajribaviy aerotermodinamikasi bilan bog‘liq, u «Gipertovush texnologiyalari» laboratoriyasiga rahbarlik qilgan.

57 yoshli olim, fizika-matematika fanlari doktori Aleksandr Shiplyuk 2022 yil 5 avgust kuni hibsga olingan. 2017 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyada gipertovush sohasidagi maxfiy ma’lumotlarni tarqatishda ayblangan. Olim aybiga iqror bo‘lmagan va u e’lon qilgan ma’lumotlar ochiq ekanini aytgan.

Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, apellyasiya instansiyasiga shikoyat qilinishi mumkin. Shiplyukning hamkasbi, 78 yoshli Anatoliy Maslov may oyida «davlatga xiyonat qilganlik» uchun 14 yilga qamalgandi. Maslov va Shiplyuk bilan tanish bo‘lgan ikkita amerikalik olim hibsga olingan rossiyaliklar gipertovushli raketa yaratish uchun zarur bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullanganini aytgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati