Toshkentda ustunga urilgan Cobalt yonib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 09:06
Toshkent shahar Mirobod tumanida ustunga urilgan Cobalt yonib ketdi. Bu haqda YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 3 sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Cobalt rusumli transport vositasi haydovchisi 2002 yilda tug‘ilgan S.X. harakat vaqtida rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritkich ustunlariga to‘qnashgan. Natijada avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati