• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • 1 noyabrdan O‘zbekiston -Qirg‘iziston chegarasida elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yiladi

1 noyabrdan O‘zbekiston -Qirg‘iziston chegarasida elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 08:38
O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi «Kizil-Kiya» chegara o‘tkazish joyida yuk avtomobillari navbatini boshqarishning elektron tizimining pilot loyihasi amalga oshirila boshladi.

Mazkur tashabbus logistik jarayonlarni optimallashtirish va 2022-2024 yillarda Qirg‘iziston Respublikasi Bojxona xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida transchegera savdosiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Loyiha Xalqaro savdo markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanyapti, hamda Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Jarayon 1 noyabrdan 15 dekabrgacha davom etadi. Elektron navbatni joriy etishdan asosiy ko‘zlangan maqsad — bu chegaradan o‘tishni tezlashtirish, logistik xarajatlarni kamaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, ayniqsa kichik va o‘rta biznes vakillari uchun sharoitlarni yaxshilashdir, — deb izoh beriladi Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida.

27 avgustda Iqtisodiyot vazirligi, Bojxona xizmati va Xalqaro savdo markazi vakillari «Kizil-Kiya» chegara o‘tkazish joyida bo‘lib, yangi tizim bilan tanishib chiqdilar. Tashrif doirasida Bojxona va Chegara xizmati xodimlari uchun yangi texnologiyaga o‘tish bo‘yicha seminar o‘tkazildi, deb xabar beradi 24 KG.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati