Rossiya armiyasi oldinga siljidi: Prechistovka bosib olindi, ruslar Toreskka yaqinlashmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 07:06
3 sentyabr kuni kechqurun Rossiya qurolli kuchlari Donesk viloyatidagi Prechistovka qishlog‘ini egallab oldi.

"Deep State" ma’lumotlariga ko‘ra, ruslar Donesk viloyati Yasinovatskiy tumanidagi Vodyanoye qishlog‘i tomon sezilarli yutuqlarga erishgan.

Rossiya harbiy qo‘mondonlarining so‘zlariga ko‘ra, rus armiyasi Selidovo-Kuraxovskoye yo‘nalishida ancha oldinga siljigan. Ukraina armiyasi bu yo‘nalishda chekinmoqda va o‘z bo‘linmalarini Volchya daryosidan tashqariga olib chiqdi.

Janglar paytida 4 ta Ukraina brigadasi qamaldan chiqdi, ammo o‘z pozisiyalarini yo‘qotdi.

Rossiya qo‘shinlari Donesk viloyatidagi yana bir shahar – Toreskni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi. Moskva bu shahar nomini Dzerjinsk deb o‘zgartirgan.

Rossiya harbiy muxbiri Yuriy Podolyakaga ko‘ra, rus qo‘shinlari Kupyansk yo‘nalishida frontni kesib, Oskol daryosiga yetib borishga yaqin turibdi.
Ayni paytda rus hujum brigadalari Berestov va Stelmaxovka qishloqlarini egallashga harakat qilmoqda...

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati