Murodjon Ahmadaliyev: “Naoya, menga jang manzilini ayt”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 06:50
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik bokschi Naoya Inouega murojaat yo‘lladi. “Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qo‘rqma. AQSHda bo‘ladimi, Yaponiyada bo‘ladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda bo‘ladimi, menga farqi yo‘q. Tayyorman. Let’s go champ”, — deydi Murodjon.Ahmadaliyev 2023 yilning dekabr oyida Kevin Gonsalesga qarshi jang qilgandi. Qarama-qarshilikning 8-raundida o‘zbekistonlik bokchi raqibini texnik nokautga uchratib, g‘alaba qozongan edi.Naoya bugun mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida yaponiyalik sportchi Ti Jey Doeniga qarshi jang qilib, yettinchi raundda uni nokautga uchratdi. Inouening zarbasidan so‘ng Doeni jangni davom ettirolmasligi ma’lum bo‘ldi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati