Angliya terma jamoasi hujumchisining Saudiya klubida oladigan maoshi ma’lum bo‘ldi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 04-09-2024, 05:38
28 yoshli futbolchi Saudiya klubiga avgust oyining so‘nggi kunida ko‘chib o‘tdi. Transfer narxi 42 million yevroga baholanmoqda. Sky Sports xabariga ko‘ra, Toni "Al-Ahli" bilan jami 57 million funt sterling (deyarli 68 million yevro) evaziga 4 yillik shartnoma imzolagan.
Shu tariqa, ingliz futbolchisi yiliga taxminan 16,6 million yevro yoki haftasiga 327 ming yevro maosh oladi. Ba’zi manbalar haftasiga 1 million yevrodan ortiq maosh haqida xabar berishdi, bu haqiqat emas.