Osimxen Turkiyadagi 19 ta jamoaning 16 tasidan qimmat turadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 05:32
"Galatasaroy"ning yangi futbolchisi Viktor Osimxen yirik farq bilan Turkiya chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi.

25 yoshli forvard mavsum oxirigacha "Napoli"dan ijara asosida Istanbul klubi safiga qo‘shildi. Transfermarkt portali nigeriyalik futbolchining transfer qiymatini 100 million yevroga baholamoqda - bu Turkiya Superligasidagi 19 ta jamoadan 16 tasining umumiy qiymatidan ko‘p. Faqatgina "Beshiktosh" (141 million), "Fenerbaxche" (234) va "Galatasaroy" umumiy qiymati (282) Osimxendan qimmatroq.

Turkiya chempionatining eng qimmat futbolchilari reytingida yulduz hujumchi eng yaqin ta’qibchisi Sofyan Amrabatdan 78 million yevroga o‘zib ketdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati