Ris Jeyms qachon maydonga qaytadi?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 05:26
"Chelsi"ning o‘ng qanot himoyachisi Ris Jeyms jarohatini davolashda davom etmoqda. “Ko‘klar” sardori avgust oyi boshida jarohat olib, mavsum boshini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Jeymsning jarohati unchalik jiddiy hisoblanmadi, ammo hozircha u safga qaytishga yaqin emas. Jurnalist Mett Louning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik futbolchining 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Bornmut”ga qarshi navbatdagi o‘yinda tiklanishga ulgurishi dargumon. Futbolchi bir necha haftadan so‘ng to‘liq mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsum davomida Ris Jeyms "Chelsi" safida atigi 11 ta o‘yin o‘tkazdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati