Chelsi hali ham Osimxen variantini inkor etmagan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 05:08
"Galatasaroy"ga ijara asosida o‘tgan "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen yaqin vaqt ichida "Chelsi"da o‘ynashi mumkin.

London klubi yozgi transfer oynasining so‘nggi soatlarida nigeriyalik futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qildi, biroq u bilan kelisha olmadi. Oradan ko‘p o‘tmay forvardni Turkiyaning "Galatasaroy" klubi ijaraga oldi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “Chelsi” Osimxenni kuzatishda davom etadi. Ehtimol, "ko‘klar" futbolchini yanvarda yoki kelasi yozda o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishlari mumkin.

Viktor Osimxenning "Galatasaroy" bilan ijara shartnomasi qishki transfer oynasida o‘ziga ham, "Napoli"ga ham mos futbolchi bo‘yicha taklif tushsa, uzilishi mumkin.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati