Yangi O‘zbekistonda yangi ovoz — Vatan jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 13:10
O‘zbekistonda yangi "Vatan" ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy jurnali jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi muassisligida chop etila boshlagan jurnal nafaqat saviyaviy va savodxonlik jihatdan, shuningdek, mukammal dizayn va sifat, matbaaning barcha talab va qoidalariga muvofiqligi bilan ham o‘ziga xos uslubga ega nashr desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

"Vatan" jurnali ayni paytda yangi nashr – yangilanib borayotgan O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar, erishilgan muvaffaqiyatlar, zafarlar, yangilanishlar, moziy va kelajak, ilm-fan, madaniyat, qo‘yingki, qardosh xalq olim va ekspertlarining millatimiz, vatanimiz to‘g‘risidagi nuqtai nazarlari aks etadi.

Shuningdek, mazkur loyiha yurtimiz ziyolilari, siyosatshunoslari, olim va yozuvchilari uchun Vatan hamda millatimizga bo‘lgan muhabbatini izhor etuvchi minbar bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangi nashr Yangi O‘zbekiston bunyodkori, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, tahliliy maqolalar, yurtni madh etuvchi asarlar e’lon qilib boriladi.

Jumladan, jurnalning ilk sonida Fitrat, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Qudratilla Rafiqov, Farhod Tolipov, Qozoqboy Yo‘ldosh, Xayriddin Sulton, Eldor Asonov kabi va yana boshqa mualliflarning Vatan, til haqidagi o‘ylari, hikoyalari, she’rlari va tarixiy shaxslarimiz — ajdodlarimiz haqidagi ilmiy tahlillarga asoslangan maqolalari o‘rin olgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati