Mbappe umuman bunaqasini kutmagan edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 04:06
Kilian Mbappe "Real"dagi kutib olishdan hayratda qoldi.

Fransiyalik hujumchi so‘nggi oylarda "PSJ"dagi keskin vaziyatni hisobga olib, madridliklar tomonidan bu qadar yaxshi kutib olinishini kutmagandi. Mbappe muxlislar ishonchini qozonish uchun "sinov davri"dan o‘tishi kerak deb o‘ylagandi, ammo bu kerak bo‘lmadi, deb yozadi "Marca".

Qayd etilishicha, futbolchiga yaxshi munosabat klub ichida ham namoyon bo‘lmoqda - prezident Florentino Peres va murabbiy Karlo Anchelotti Kilianning maydonda va uning tashqarisida qo‘shgan hissasidan mamnun.

Futbolchining o‘zi Madridga "Real Madrid" tarixini bilgan holda kelgan va birinchi kundanoq ishga sho‘ng‘ishga tayyor edi. U ispan tilida bemalol gapiradi va kiyim almashtirio xonasi qoidalarini yaxshi biladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati