Erdagi ikkinchi eng uzun odam Parijda polda uxlashga majbur bo‘lmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 04-09-2024, 00:06
Eronlik sportchi Morteza Mehrzodselakjoniy uch karra Paralimpiya chempioni bo‘lishi mumkin. Uning bo‘yi salkam 2,5 metr.

Sportchi bunday bo‘yi bilan Parijdagi Paralimpiya davomida polda uxlashga majbur bo‘lyapti.

Morteza o‘tirib o‘ynaladigan volleybol bo‘yicha Eron MTJning eng yaxshi o‘yinchilaridan. Bosh murabbiy Hadi Rezaygarkoniy OAVga aytishicha, sportchiga Tokiodagi o‘yinlarda bo‘lganidek maxsus yotoq berilmagan va Morteza yerda uxlab qolishga majbur bo‘lyapti.

“Uning maxsus krovati yo‘q, lekin hayotda eng muhim maqsadi bor, — deydi murabbiy. Unga yerda uxlayotgani yoki to‘yib ovqatlanmayotgani muhim emas. Uning uchun asosiysi — chempionlik”.

Eron 1988 yildan beri o‘tirib o‘ynaladigan voleybol bo‘yicha 9 ta Olimpiya o‘yinlaridan 7 tasida g‘olib chiqqan. Parijdagi oltin medal 2016 yildagi Paralimpiyaga 1-marta qatnashgan Mehrzodselakjoniy uchun uchinchisi bo‘lishi mumkin.

Sportchiga bolaligida akromegaliya tashxisi qo‘yilgan. Bu kasallik o‘ng oyoq chapidan 15 sm kalta bo‘lishiga olib keladigan kam uchraydigan gormonal kasallik sanaladi.
Mehrzodselakjoniy Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi eng baland bo‘yli sportchi — hatto o‘tirganda ham uning bo‘yi 1,8 metrdan baland. Uyatchan sportchi ba’zan nogironlar aravachasidan foydalanadi va tashqariga chiqishdan uyalib, 5 yilni uyida yolg‘iz o‘tkazgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati