Ukrainadagi urush sababli antibiotiklardan qo‘rqmaydigan superbakteriyalar rivojlanmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 23:56
Ukrainadagi urush antibiotiklarga qarshi tura oladigan mutasiyaga uchragan superbakteriyalarning rivojlanishini kuchaytirgan.

Shifokorlarga ko‘ra, ukrainalik askarlardan bittasining oyog‘iga tushgan infeksiyani antibiotiklar bilan davolab bo‘lmagan va uning oyog‘ini kesishga majbur bo‘lishgan. Bu holat inqiroz kuchayib borayotganidan darak beradi.

Boshida shifokorlar 35 yoshli askarning oyog‘idagi jarohatni Sent Jorj kasalxonasida tezda davolashgan. Lekin keyinroq yana bir muammo paydo bo‘lgan — bakterial infeksiya uning chap oyog‘idagi yaralariga chuqur kirib borgani aniqlandi.

5 xil antibiotikning kombinasiyasi bakteriyalarni o‘ldira olmagan. Yara yiringlashda davom etayotgani uchun shifokorlar boshqa 4 ta dorini, boshqa hech narsa yordam bermagan holatlar uchun ajratilgan, jiddiy nojo‘ya ta’siri bo‘lgan kuchli antibiotik — kolistinni sinab ko‘rish uchun davolash rejimini o‘zgartirishgan. Lekin u ham yordam bermagan.

O‘nlab yillar davomida shifokorlar antibiotiklar foydasiz bo‘lib qoladigan antiutopik kelajak haqida ogohlantirib keladi. Askarning hayotini mutasiyaga uchragan superbakteriyadan saqlab qolish uchun uning oyog‘ini tizzadan kesishga to‘g‘ri kelgan.

Askarni davolashga yordam berish uchun chaqirilgan Chelsi va Vestminster kasalxonasining yuqumli kasalliklar bo‘yicha maslahatchisi doktor Lyuk Mur bu holatni “yashirin pandemiya” deb ta’rifladi.
Agar bakteriyalar rivojlanishda davom etsa, bu hatto muntazam tibbiy yordamni ham xavf ostiga qo‘yadi. Oddiy amaliyotlar, masalan, bolaning tomog‘idan bodomsimon bezlarni olib tashlash amaliyoti uning hayotiga tahdid soladigan bo‘lib qoladi.
“Agar biz bu muammoni hal qilmasak, u boshqa qiladigan barcha ishlarimizga tahdid soladi. Bu bizning oddiy operasiyalarni bajarish imkoniyatimizni cheklab qo‘yadi, saraton kasalliklariga kimyoterapiya berish ham xavfli jarayonga aylanadi”, dedi Mur.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, agar vaziyat tubdan o‘zgarmasa, 2050 yilga borib 10 millionga yaqin odam bu tufayli nobud bo‘lishi mumkin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati