Qashqadaryolik 16 yoshli yigitcha firibgar bo‘lib chiqdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 23:46
Farg‘ona viloyatida yashovchi J.O. murojaat qilib, o‘z arizasida telegram messenjerida noma’lum shaxs tomonidan 1.200.000 so‘m miqdoridagi pullari firibgarlik yo‘li bilan o‘tkazib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyatida yashovchi S.B. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, S.B., J.O. bilan telegramda tanishib, unga “PUBG” onlayn o‘yinining kuchaytirilgan akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 1.200.000 pullarni o‘tkazdirib olib, kelishilgan akkauntni bermasdan, yozishmalarni o‘chirib yuborib, uni qora ro‘yxatga kirgazib qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan S.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati