Ozodlik tarannumi: Turkiya G‘alaba bayramining 102 yilligi tantanali nishonlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 23:28
Joriy yilning 30 avgust kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasida mamlakat G‘alaba bayramining 102 yilligi tantanali nishonlandi.

Tadbirni Turkiyaning yurtimizdagi elchisi Olgan Bekar va Elchixonaning Harbiy Attashesi polkovnik Metin Kaya o‘z nutqlari bilan ochib berdi. Olgan Bekar yig‘ilganlarga Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning tabrigini o‘qib eshittirdi.

«Bu g‘alaba turk xalqi hech qachon boshqalarga qaram bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi. Shahidlarimizning qahramonligi, faxriylarimizning qoni, xalqimizning fidoyiligi evaziga qo‘lga kiritilgan Buyuk G‘alaba bugun ham biz uchun qo‘llanma bo‘lib kelmoqda»,

deyiladi tabrikda.

Turkiya Prezidenti, shuningdek, Turkiya doim hech qanday manfaatlarsiz mazlumlar tomonida bo‘lishini alohida ta’kidlagan.

Tabrikdan so‘ng mehmonlar uchun ziyofat dasturxoni yozildi.
Ma’lumot uchun, G‘alaba kuni (Turk Qurolli Kuchlari kuni) - 1922 yil 30 avgustda yunon-turk urushidagi so‘nggi jang bo‘lgan Dumlupinar jangidagi hal qiluvchi g‘alabaga bag‘ishlanadi. Jangdan keyin yunonlarning Anadoludagi hukmronligi tugadi. G‘alaba kuni 1926 yildan buyon rasmiy bayram sifatida nishonlanib kelmoqda. Birinchi marta 1923 yil 30 avgustda nishonlangan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati