• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlandi

Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiyev yangi lavozimga tayinlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 23:26
Nurshod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar u 2019 yil mart oyidan boshlab 5 yil davomida Mingbuloq tumaniga hokimlik qilgan. U prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida faoliyatida tizimli kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli lavozimidan ozod etilgandi.

Navqiron davrim shu yerda o‘tdi. Baqir-chaqir qilgan paytlarim bo‘lgandir, lekin hech kimga yomonlik qilmadim. Mingbuloqdan ketish men uchun og‘ir, juda og‘ir”, deya aytgandi Nurshod Xudoyberdiyev 18 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman faollari bilan xayrlashib.

Viloyat hokimligi xabarida aytilishicha, u 2024 yilning avgust oyiga qadar tuman hokimi bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, Nurshod Xudoyberdiyev mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasida turli vazifalarda ishlagan. 2015-2016-yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigasiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. 2016—2017-yillarda Norin-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2017—2019-yillarda Norin-Sirdaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati