Dmitriy Pletnyovning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari qanday?

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 23:02
«Surxon»ning Superligada «chaqilmas yong‘oq» darajasiga chiqib olganida mahalliy futbolchilar qatori rossiyalik legionerlarning hissalari ham katta.

Xususan, Dmitriy Pletnyov barqaror harakati bilan ajralib turibdi. Gap 2018 yili «Ze­nit»ni boshqargan italiyalik mashhur Roberto Manchini nazariga tushgan va Sankt-Peterburg jamoasining asosiy tarkibida bir marta ko‘rinish bergan yarim himoyachi haqida ketmoqda. Biroq «Zenit» tarbiyalanuvchisi hisoblangan futbolchi jonajon klubi safida boshqa maydonga tushgani yo‘q. Vaholanki, unga Rossiya futbolining kelajak umidi sifatida qarashgandi. Qisqasi, Pletnyov jonajon klubida imkoniyatga ega bo‘lmagach, taqdir taqozosi bilan keyinchalik Markaziy Osiyoga keldi. Yaqinda Rossiyaning championat.com sayti muxbiri «Surxon» yarim himoyachisini suhbatga tortib, uning faoliyati xususida gaplashdi. Biz esa Pletnyov intervyusini ba’zi qiziqarli qismlari, xususan, o‘zbek futboliga taalluqli joylarini hukmingizga havola etishni ma’qul ko‘rdik.

*** 

- Dmitriy, «Zenit» tarbiya­lanuvchisi sifatida ayting­-chi, akademiyada raqobat nechog‘li baland edi?

- Ilk qadam - «Smena»ga saralash - normativ topshirish, turli sinovlar... To‘g‘ri, hammasi bolalar darajasida. Xullas, «Zenit»ga yo‘l «Smena»dan boshlanardi. Ke­yinchalik «Smena»ga «Zenit akademiyasi» nomi berildi, Niderlandiya tizimi tatbiq etildi. Ya’ni dargoh bolalarni o‘qitish barobarida shug‘ullantiradigan maxsus maktabga aylantirildi.

- Hozirgi holatingizdan kelib chiqib baho bersangiz, o‘sha vaqt yaxshi o‘qib, shug‘ullanganmisiz?
- Menimcha, yo‘q. Barcha tarbiya­lanuvchilar bir xil darajada bo‘lishgan. To‘g‘ri, ba’zilar qaysidir jihatda yaxshiroq, boshqasida yomonroq. Bolalar keyinchalik o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlariga yarasha rivojlandilar.
- Akademiyadan asosiy jamoaga o‘tish yo‘lida eng qiyini nima edi?
- Albatta, raqobat. «Zenit» yoshlar jamoasida ham, «Ze-nit-2»­da ham har bir bola asosiy tarkibda o‘ynashga intilardi - sog‘lom raqobat. Bu ruhiy tomondan futbolchi faoliyatining eng murakkab bosqichlaridan biridir. Sen tezroq asosiy jamoaga o‘tishni xohlaysan, lekin yana 20 nafar tengdoshing xuddi shunga intiladi. Qisqasi, yosh futbolchidan har kuni o‘z darajasini ko‘rsatish talab etiladi.
- 2018 yilning qishi. Roberto Manchini sizni asosiy jamoa yig‘iniga jalb etganini kimdan eshitgan va qanday holatga tushgandingiz?

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati