Niderlandiya Ukrainaga qiymati 200 million yevrodan ortiq bo‘lgan yordam paketi ajratadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 22:58
Bu haqda Niderlandiya bosh vaziri Ukrainaga tashrifi vaqtida ma’lum qildi. "Yordam paketi asosan Ukrainaning energetika infratuzilmasini himoya qilish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, gumanitar maqsadlar uchun mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi", — deya aniqlik kiritdi Sxof.

Niderlandiya bosh vaziri tashrif davomida Zaporojega ham bordi. Sxof yer osti maktabidagi o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi.

"Ukrainaliklar frontdan bir necha o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan shaharda qanday qilib yashash va o‘z mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini ko‘rish aql bovar qilmaydi. Bolalar va o‘qituvchilar doimiy ravishda bomba va dronlar hujumi tahdidiga qanday dosh berishlarini tasavvur qilish qiyin", — deya fikr bildirdi Niderlandiya hukumati rahbari.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati