«Valensiya» hujumchisi jinsiy tajovuzda gumonlanib hibsga olindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 20:14
«Valensiya» hujumchisi Rafa Mir Ispaniya fuqarolik gvardiyasi tomonidan hibsga olindi, deb xabar bermoqda "Cadena SER" radiostansiyasi. Nashrning yozishicha, 27 yoshli futbolchi jinsiy tajovuzda gumon qilinmoqda.

Hodisa sportchining uyida sodir bo‘lgan. U hibsga olingan boshqa erkak bilan birga taxminan 25 yoshli ikki ayolga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan. Qayd etilishicha, jabrlanganlarga shifoxonada yordam kerak bo‘lgan.

Rafa Mir «Valensiya»ga shu yozda kelib qo‘shildi. Avvalroq «Sevilya»da o‘ynab, Yevropa ligasida g‘olib chiqqandi. Forvard Ispaniya terma jamoasi tarkibida Tokio-2020 Olimpiadasida ham kumush medalni qo‘lga kiritdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati