Milan YECHL 2027 finalini qabul qilishdan bosh tortadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 20:10
Sentyabr oyi oxirigacha Milan shahri katta ehtimol bilan 2027 yilgi Chempionlar ligasi finalini qabul qilishdan bosh tortadi.

Sababi, 2026 yilning fevralida qishki Olimpiadaning ochilish marosimiga mezbonlik qiladigan afsonaviy «San-Siro» stadioni jiddiy rekonstruksiyaga muhtoj. Arena shaharga tegishli bo‘lib, uning meriyasi infratuzilmani yaxshilash uchun pul qidirmoqda.

2026 yilda «San-Siro» 100 yoshga to‘ladi. Qishki Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng u jiddiy tarzda qayta tiklanishi yoki butunlay buzib tashlanishi mumkin. Munisipal stadionda ijara asosida o‘ynayotgan «Milan» va «Inter» hozircha o‘zaro va shahar meriyasi bilan «San-Siro»ning kelajagi borasida kelisha olmadi.

2027 yilgi Chempionlar ligasi finaliga kelsak, shahar va stadion 24 sentyabr kuni Pragada e’lon qilinadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati