Venesuelada prezidentlikka muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesni hibsga olishga order berildi — DPA
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-09-2024, 20:06
Muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machadoning so‘zlariga ko‘ra, Edmundo Gonsalesga tahdidlar uni "venesuelaliklar va butun dunyo tomonidan" qo‘llab-quvvatlashning kuchayishiga olib keladi. Gonsalesning o‘zi hozir yashiringan, deb yozadi AFP.
Venesuelada prezidentlik saylovi 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasining xabar berishicha, saylovchilarning 51,2 foizi 2013 yildan beri hokimiyat tepasida turgan Nikolas Maduroga ovoz bergan. Muxolifatga ko‘ra, Gonsales 67 foizga yaqin ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. Yevropa Ittifoqi, AQSh va qator lotin Amerikasi davlatlari Venesueladagi prezidentlik saylovi natijalarini tan olmasliklarini e’lon qilishgan.