“Yil talabasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash bilan davom etmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 22
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 13:02
“Yil talabasi” tanlovining “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominasiyasi g‘oliblariga sovrinlarni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Temur Poyonov hamda Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Olimovlar topshirdi.

“Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” hamda “Yilning eng faol ixtirochi innovator talabasi” nominasiyasi g‘oliblariga sovrinlarni Oliy ta’lim fan va innovasiyalar vazirligi matbuot bo‘lim boshlig‘i Nazokat Abduqunduzova hamda taniqli jurnalist Muhabbat Hamroyevalar topshirdi.

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” hamda “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominasiyasi g‘oliblari o‘z sovrinlarini Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktori Ravshanbek Xudayberganovdan qabul qilib oldilar.

“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovining so‘nggi “Yilning eng faol ijodkor talabasi” hamda “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominasiyalari g‘oliblariga sovrinlarni TIQXMMI MTU prorektori Ro‘zimurot Choriyev topshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati