Kripto birja asoschisi 25 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 13:00
Avvaliga mazkur telekanal hamda Amerikaning boshqa ommaviy axborot vositalari tadbirkor 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqida yozgan edi, endi esa ma’lumot yangilandi.

Sud o‘tgan yil noyabr oyida Benkman-Frid qonunni mablag‘ yuvish va kiber firibgarlik bilan bog‘liq turli amallar orqali buzganligini e’lon qilgan. Barcha ayblari uchun u 100 yilga qamalishi kerak edi. Himoyachilar mahbusning sog‘ligi yomonlashganini hisobga olib, 6,5 yil qamoq jazosi berilishini so‘radi. Sudga raislik qilgan hakam esa bu vajni ishonchli, deb topmadi.

Hakam sudlanuvchidan 11,02 milliard dollar undirish haqida qaror chiqardi, bu pul, jumladan, jabrlanuvchilarga tovon puli to‘lashga yo‘naltiriladi.

2023 yil iyulda FTX kripto birjasi muassasa asoschisi Benkman-Frid va uch nafar top-menejer ustidan sudga shikoyat qilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad 2022 yil noyabrda kompaniya xonavayron bo‘lishiga olib kelgan, noqonuniy o‘zlashtirilgan 1 milliard dollarni qaytarish edi.

O‘sha yil FTX sudga bankrotlik to‘g‘risida ham ariza berdi va Benkman-Frid lavozimini tark etayotgani haqida xabarlar tarqadi. “Blumberg” agentligi yozishicha, birja shubhali ravishda bir kun ichida 662 million dollar yo‘qotgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati