Bishkekda kuchli shamol 11 maktab, 8 bog‘chaga ziyon yetkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 12:58

Poytaxt meriyasi ma’lumotiga ko‘ra, aksar holatda tom qoplamasi ko‘chgan, ba’zi joylarda daraxtlar maktab va bog‘chaga tutash hududga qulagan. Tegishli xizmatlar sinib tushgan shox-shabbani yig‘ishtiryapti. Maxsus komissiya yetkazilgan zarar ko‘lamini belgilaydi.

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv poytaxtdagi barcha ta’lim muassasalariga taalluqli. Komissiya ilgari tom yopish ishlari olib borilgan binolar sifatini ham tahlil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari 2024 yil 1 aprelga qadar ta’tilga chiqqan, bog‘chalar odatdagi tartibda ishlayapti.

Avvalroq kuchli shamol tufayli Bishkekda favqulodda holat e’lon qilingani aytilgandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati