Lavrov qancha davlat Rossiyani yo‘q qilmoqchi ekanligini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 18:14
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Rossiyani yo‘q qilishga» urinayotgan 50 ga yaqin davlatni sanab o‘tdi.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘rniga G‘arb uchun xohlagan narsani qilishi mumkin bo‘lgan «qaram, so‘nayotgan, o‘layotgan makon» kerak. «Shu maqsadda Rossiyani parchalashga harakat qilish uchun 50 ga yaqin davlatdan iborat koalisiya to‘plandi», dedi vazir.

Rossiya rasmiylari G‘arbni bunday niyatlarda bir necha bor ayblagan. Masalan, 2021 yil oxirida, Rossiyaning Ukrainaga hujumidan sal oldin, Vladimir Putin bu haqda gapirgan edi.

2023 yil fevral oyida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev «Rossiyaning qulashi» haqidagi tezisni Ukrainadagi urushni oqlagan holda ishlatdi. U o‘zining Telegram-kanalida agar Kreml urushni to‘xtatsa, Rossiya «parchalanib ketishi» haqida yozgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati