Paralimpiada. Prezidentimiz Bobur Omonov bilan telefon orqali suhbatlashdi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-09-2024, 18:02
Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘lgani hamda 2021 yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi. Bu galgi o‘yinlarda ham yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlash yo‘lida unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga rahmat aytdi.
Chempion xalqimiz ishonchini oqlaganidan xursandligini bildirib, terma jamoamizning, shu jumladan o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari O‘zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida sportga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini ta’kidladi.
Fursatdan foydalanib, Prezident kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni tabriklab, bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarimizga omad tiladi.