Rossiyaning «ayg‘oqchi kiti» Xvaldimir Norvegiya yaqinida o‘lik holda topildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 17:38
Beluga kiti Norvegiya suvlarida besh yil avval aniqlangan va Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan. U o‘lik holda topildi, deya xabar beradi kitni kuzatib yurgan nodavlat notijorat tashkiloti.

Norvek tilidagi kit so‘zi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ismi-sharifi birikmasi bo‘lgan Xvaldimirning jasadi dam olish kunlari Norvegiya janubida baliq ovlayotgan ota va o‘g‘il tomonidan aniqlangan.

Xvaldimir 2019 yilda Norvegiya shimolidagi Ingoya oroli yaqinida, Rossiya dengiz chegarasidan taxminan 300 km uzoqlikda topilganida, kichkina kamera o‘rnatish uchun moslamasi bo‘lgan jabduq kiygan edi. Jabduqda ingliz tilida «Sankt-Peterburg uskunalari» muhri bo‘lgan.

Moskva hech qachon Xvaldimir haqidagi ayblovlarga javob bermagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati