O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR termasidan har jabhada ustun

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 17:18
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 3-saralash bosqichida ilk uchrashuvini KXDR termasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin 5 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuvdan avval har ikkala terma jamoaga oid statistikani e’tiboringizga havola qilamiz.

Vakillarimiz KXDR termasi bilan jami 11 marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan.

Ushbu o‘yinlarning 6 tasi o‘rtoqlik, 4 tasi jahon chempionati saralashi va bittasi Osiyo kubogi doirasida o‘tkazilgan.

Mazkur bahslarda vakillarimiz 7 marotaba g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 durang va 1 marotaba mag‘lub bo‘lgan. E’tiborli jihati shundaki, ilk marta 1998 yil o‘tgan O‘zbekiston – KXDR uchrashuvida 4:0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, so‘nggi bahs 2019 yilda tashkil etilgan va unda ham vakillarimiz 4:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Statistikadan ko‘rinib turibdiki, barcha jihatlarda O‘zbekiston terma jamoasi ustun va bu futbolchilarimiz uchun ham birinchi o‘yinda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishlari uchun motivasiya bo‘la oladi.

Har bir o‘yin oldidan muxlislar o‘z terma jamoalarining transfer narxi bilan qiziqishlari tabiiy.
O‘zbekiston va KXDR termalarining "transfermarkt"dagi bahosi bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining umumiy transfer bahosi 35,25 million yevroni tashkil qilsa, KXDR termasi tarkibining umumiy transfer qiymati 6,55 million yevro.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati