Tolibon armiyasi bo‘ysunmas Panjshirda yanada kuchaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 16:36
Afg‘onistonning Panjshir viloyatidan 600 nafar tojik Tolibon armiyasiga qo‘shildi.

Tolibon rahbari Hibatulloh Oxunzoda buyrug‘i bilan Afg‘onistonning Panjshir viloyatida 600 nafar tojik armiya safiga qo‘shildi. Ushbu tashabbus doirasida Panjshirdagi chaqiruv punktidan dastlabki 200 nafari Mudofaa vazirligiga yuborilgan.

Panjshir chaqiruv qo‘mondonligi vakili Hasan Al Banno Hadid 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar armiya safiga qo‘shilayotganini ta’kidlab, ular armiyaga qo‘shilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, ularda xavfsizlik kuchlarida xizmat qilish imkoniyati ham borligini aytgan. U boshqa panjshirlik yoshlar ham armiya safiga qo‘shilishlariga umid bildirgan.

Panjshir viloyati Afg‘oniston tarixida ramziy ahamiyatga ega, chunki u Ahmadshoh Mas’udning «qal’asi» sifatida tanilgan. Sovet qo‘shinlari 10 yillik bosqin paytida 80 km uzunlikdagi Panjshir vodiysiga kirishga uringan bo‘lsalar ham, muvaffaqiyatga erisha olmaganlar va 1989 yilning fevralida Afg‘onistondan sharmandalarcha chiqib ketishgan. 2021 yil avgustida Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin Panjshir nazorat ostiga olingan oxirgi viloyat bo‘ldi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati