Saudiya Arabistoni elektromobillar uchun markazga aylanmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 15:50
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon uzoq vaqtdan beri elektromobillarga bo‘lgan ishtiyoqi bilan tanilgan. 2022 yilning noyabr oyida u Saudiyaning birinchi elektromobili Ceer`ni taqdim etib, 2025 yilga borib qirollik aholisi va eksport uchun ushbu brendni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirayotganini aytdi. Shu bilan birga, valiahd shahzoda uning mamlakati nafaqat yangi avtomobil kompaniyasini, balki «yangi sanoatni ishga tushirayotganini» ta’kidladi.

Saudiya Arabistoni rasmiylari qirollikning kengroq sanoat strategiyasi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish rejalarining bir qismi sifatida ham benzin, ham elektromobillar ishlab chiqarish markaziga aylanishni istashlarini uzoq vaqtdan beri aytib keladi. Valiahd shahzoda Saudiya Arabistoni 2030 yilga borib yiliga 500 000 ta elektromobil ishlab chiqarishni xohlashini aytdi, bu Saudiya Arabistonining bugungi avtomobillarga yillik talabiga teng.

Ar-Riyod Xitoy yordamida avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish niyatida. Saudiya Arabistoni sanoat va mineral resurslar vaziri Bandar Alxoraef 1 sentyabr kuni Xitoyga ishbilarmonlik tashrifini boshladi va u yerda Xitoyning yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

8 sentyabrga qadar davom etadigan tashrifi doirasida vazir Guanchjou, Gonkong va Singapurga tashrif buyuradi. Tashrifdan maqsad aloqalarni mustahkamlash va Saudiya-Xitoy qo‘shma korxonalari imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

Guanchjouda yirik kompaniyalar: GAC Group (elektr avtomobil ishlab chiqaruvchi), General Lithium (lityum batareya ishlab chiqaruvchi) va Huawei (kommunikasiya texnologiyalari giganti) rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik Ar-Riyodga avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish va innovasion texnologiyalarni joriy etish strategiyasini amalga oshirishda yordam berishi mumkin.
Xitoyda elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchilari Pekinni o‘z bozorlarini subsidiyalangan elektr transport vositalari bilan to‘ldirishda ayblagan Yevropa Ittifoqi, Kanada va AQShning jazo tariflariga duch kelishmoqda. XXR barcha ayblovlarni rad etadi va bir vaqtning o‘zida yangi bozorlarni qidirmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, 36 million aholi istiqomat qiladigan Saudiya Arabistoni ham Xitoy elektromobillari uchun yangi bozorga, ham butun Yaqin Sharqqa kirish nuqtasiga o‘xshaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati