Ijtimoiy tarmoq orqali tashkil etilgan “AIF” platformasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-09-2024, 15:36
Shundan kelib chiqib, 3 sentyabr kuni mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasini 3-qismi “a,v” bandlari (Pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoiy hodisani va jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, shuningdek tergov jarayonini tez va sifatli amalga oshirish maqsadida viloyat ichki ishlar organlarining malakali tergovchilaridan iborat tergov guruhi tuzildi.
Xozirda tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchilar soni va ularga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashga kirishilgan.
Shu bois, ushbu platforma natijasida moddiy zarar ko‘rgan shaxslardan Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga murojaat qilishlari so‘raladi.