Putin: Rossiya Mo‘g‘ulistonga gaz yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 15:14
Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘p masalalarda ikki davlat pozisiyalari yaqin ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya-Mo‘g‘uliston muzokaralari davomida savdo va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mo‘g‘ulistonga gaz yetkazib berish imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Bundan tashqari, ikki davlat Xitoy bilan uch tomonlama loyihalarni faollashtirishga kelishib oldi. Shuningdek, bir qator shartnomalar imzolandi.

Putinning aytishicha, Rossiya Mo‘g‘ulistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 21 foizdan ortiq o‘sdi. “Ikki davlat o‘rtasidagi tijorat hisob-kitoblari deyarli to‘liq dollar va yevroga muqobil valyutalarda amalga oshirilmoqda”, — dedi Rossiya prezidenti Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiin Xurelsux bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.

Vladimir Putinning aytishicha, Mo‘g‘uliston hududidan o‘tuvchi “Soyuz-Vostok” gaz quvurining loyiha hujjatlari tayyor. Uning uzunligi taxminan 1 ming km bo‘lib, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Xitoyni bog‘laydi. Hozirda loyihaning davlat ekspertizasi, shuningdek, uning atrof-muhitga ta’sirini baholash ishlari olib borilmoqda. “Gap faqat Rossiya gazining Mo‘g‘uliston orqali tranziti haqida ketayotgani yo‘q. Ushbu yoqilg‘ini mo‘g‘ulistonlik iste’molchilarga yetkazib berish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda. “Gazprom” mamlakatni gazlashtirishning amaliy masalalarida zarur yordam ko‘rsatishga tayyor”, — dedi Rossiya prezidenti.

Vladimir Putin Rossiya va Mo‘g‘uliston harbiy-texnik sohada va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilib, Osiyoda xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar Mo‘g‘uliston-Rossiya-Xitoy iqtisodiy koridor dasturiga kiritilgan loyihalarni faollashtirishga ham kelishib oldilar. “Bu Rossiyaning Yevroosiyo hamkorligi tashabbusi, Xitoyning “Bir belbog‘, bir yo‘l” dasturi va “Mo‘g‘uliston cho‘l yo‘li” dasturlari doirasidagi uch tomonlama hamkorlikni faollashtirish uchun sharoit yaratadi”, deb tushuntirdi janob Xurelsux.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati