Avgust oyida Gruziyadan 33 nafar xorijlik chiqarib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 15:06
Avgust oyida mamlakatda qonuniy asoslarsiz bo‘lgan 33 nafar xorijlik Gruziyadan chiqarib yuborildi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mamlakatdan chiqarib yuborilganlar orasida Eron, Iordaniya, Turkiya, Hindiston, Misr, Ozarbayjon, Avstraliya, Pokiston, Nigeriya va Xitoy fuqarolari bor.

Ayrim xorijliklar Gruziyani o‘z ixtiyori bilan tark etgan bo‘lsa, boshqalari migrasiya departamenti tomonidan mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgan.

Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Gruziyadan 190 nafar xorijlik chiqarib yuborilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati