Erdo‘g‘an Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etish taklifini qabul qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 15:04
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya rasmiylarining Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etish taklifini qabul qildi.

Bu haqda Rossiya davlati rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

"Taklif Turkiya tomoniga yetkazildi, Erdo‘g‘on uni qabul qildi", — dedi Ushakov seshanba kuni "Interfaks"ga.

Bir kun avval Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z navbatida Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi sanalari hali kelishib olinmagani, bu ish davom etayotganini aytdi.

BRIKS sammiti 2024 yilning 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati