Ruben Amorim va Roberto De Dzerbi Liverpul bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlar sanaladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 12:38
"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim va "Brayton" rahbari Roberto De Dzerbi Yurgen Klopp o‘rniga asosiy nomzodlar, deb xabar bermoqda Britaniyaning Daily Mail internet nashri.

Avvalroq “Liverpul” Alonsoni tayinlash variantini ko‘rib chiqmayotgani ma’lum bo‘lgan edi, chunki ispaniyalik “Bayer”da yana kamida bir mavsum qolish niyatida. Qayd etilishicha, “qizillar” rahbariyati muqobil nomzodlarga, jumladan Amorim va De Dzerbiga o‘tadi.

Mersisaydliklarni boshqarayotgan Yurgen Klopp joriy mavsum yakunida jamoani tark etadi. Bugunga kelib, "Liverpul" 28 uchrashuv natijasiga ko‘ra 64 ochko jamg‘argan holda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati