Rossiyada yuz bergan avtohalokatda o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani tasdiqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 14:08

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlar ishtirokidagi dahshatli avtohalokat haqida bayonot berdi. Holatni Vazirlar mahkamasi nazoratga olgan.

Qayd etilishicha, avtohalokatda sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari o‘zbekistonliklardir. Uch kishi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, mamlakat hukumati tomonidan yaqin kelajakda halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Vaziyat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Voqea joyida zarur yordam ko‘rsatish maqsadida Qozondagi Bosh konsulxona rahbariyati va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonalari ishlamoqda, deyiladi xabarda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati