Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 12:40

4-5 sentyabr kunlari Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining o‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, bu boradagi xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, shuningdek, yangi tahdidlar va xavfsizlikka tahdidlarga umumiy yondashuvlarni shakllantirishdan iborat.

Bundan tashqari, konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Hamdo‘stlik davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda MDH Aksilterror markazi muvofiqlashtirishda qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlarini o‘tkazadi”.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati