BMT Bosh kotibi Putin, Zelenskiy va Erdo‘g‘onga maktub yo‘lladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:18
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish fevral oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Zelenskiyga Qora dengizda xavfsiz navigasiyani ta’minlash mavzusida maktub yo‘llagan edi.

Bu haqda Bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

“Biz savdo davom etishi, oziq-ovqat yetkazib berish davom etishi va kemalar xavfsiz bo‘lishi uchun barcha tomonlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqdamiz”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, BMTning hozirgi sa’y-harakatlaridan asosiy maqsad fuqarolik navigasiyasi erkinligi bo‘lib qolmoqda.

Uning ta’kidlashicha, oziq-ovqat va savdo yo‘llari "xavfsiz, uzluksiz va bashorat qilinadigan" bo‘lishi kerak.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati