O‘zbekistonda yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 10:52
Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekistondagi yolg‘iz keksalar sonini ma’lum qildi.

2023 yil 1 sentyabr Yagona milliy ijtimoiy himoya axborot tizimining “Yolg‘iz keksa” moduli ishga tushirilib, unda 2023 yil 1 oktyabr holatiga jami 18 928 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lgan.

2023 yil 1 oktyabr-2024 yil 31 iyul holatiga reestrga 4647 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs kiritilgan va 6287 nafari reestrdan chiqarilgan. 2024 yil avgust oyi holatiga ko‘ra, 17 288 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxs ijtimoiy-maishiy xizmatlardan foydalanib kelmoqda.

Bunda ularning 7939 nafari yolg‘iz yashovchi keksalar, 2306 nafari yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar, 4703 nafari yolg‘iz kekslar va 2340 nafari yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, ijtimoiy xodim, tuman tibbiyot birlashmasining maxsus monitoring guruhi vakili hamda fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifati hamda individual ijtimoiy xizmatlar rejasi natijalari monitoringi olib borilmoqda.

Xususan, monitoring davomida ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida shaxslarning o‘zganing yordamiga muhtojlik darajasi kamayganligi va holati yaxshilanishi kuzatilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati