Amerikalik tahlilchilar Rossiyaning yadroviy raketasi qayerda joylashganini aniqladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 10:46
“Burevestnik” qanotli raketasi Vologdadan 70 km g‘arbda va Moskvadan 500 km shimolda joylashgan Vologda-20 harbiy shaharchasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Amerikalik mutaxassislar Planet Lab`ning sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi.

Ushbu suratlarda Vologda-20 yadroviy kallaklarini saqlash bunkerlari yonida qurilgan to‘qqizta uchirish maydonchasi ko‘rsatilgan. Bir qator tahlilchilarning fikriga ko‘ra, ushbu ob’ektlar katta stasionar raketa tizimi uchun qurilga, Rossiyadagi bunday yagona loyiha esa “Burevestnik”.

Amerika ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2019 yillarda Rossiya Federasiyasi “Burevestnik”ning kamida 13 ta sinovini o‘tkazgan, ulardan faqat ikkitasi qisman muvaffaqiyatli bo‘lgan. 2023 yil oktyabr oyida Putin Rossiya yadroviy “Burevestnik”ni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini e’lon qilgan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati