Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 10:28
Toshkent shahrining ikki tumani Bektemir va Yunusobodning ayrim hududlarida bir kun davomida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, 2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan 5 sentyabr soat 09:00 dan 6 sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda qator hududlarda vaqtincha bo‘lmaydi.

Ular:

Bektemir tumani bo‘yicha: Mirishkor, Rohat, Majnuntol, Zilola, Iqbol, Chashma, Iyk ota, Abay, Gulbog‘, Husayn Boyqaro, Bektemir, Oltintopgan, Sohil, Musaffo mahallalari hamda “Vodnik” issiqlik markazida; Yunusobod tumani bo‘yicha: Islomobod, Hasanboy, Sharq haqiqati mahallalarida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati