O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Saudiya klubiga o‘tdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 03-09-2024, 10:26
Saudiyaliklar Shukurov uchun “Kayserispor” jamoasiga 400 ming yevro to‘lab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Shukurov qishda “Kayserispor” bilan bitim imzolagandi. Undan oldin esa Turkiyaning boshqa bir jamoasi “Fotih Karagyumruk” safida to‘p surgandi.
28 yoshli futbolchi professional faoliyatini 2014 yilda “Mash’al” klubida boshlagan. Undan tashqari “Bunyodkor”, “Buxoro” va “Sharja” klublari sharafini ham himoya qilgan.