Turkiyada AQSh harbiysining boshiga qop kiydirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 03-09-2024, 10:14
Turk yoshlari ittifoqi (TGB) a’zolari Isroilni himoya qilish uchun mintaqaga jo‘natilgan, hozirda Turkiyaning Izmir portiga vaqtinchalik langar tashlagan AQShning USS Wasp samolyot tashuvchi kemasida navbatchilik qilgani aytilayotgan amerikalik askarni kaltaklab, boshiga qop kiydirishdi.

“Biz Isroilni himoya qilayotgan, bu yerda turk askarlari va minglab falastinliklar bilan muomala qilishga urinayotgan AQSh askarlariga tinchlik bermaymiz. Har safar bu yerlarga qadam qo‘yganingizda, biz sizni o‘zingizga munosib tarzda qarshi olamiz! Qo‘li qonli Amerika askarlariga Turkiyada joy yo‘q! Yurtimizdan keting!” - dedi tashkilot rahbari Kayaxan Chetre.

Hodisa yuzasidan 15 kishi, jumladan, Kayaxan Chetre qo‘lga olindi.

AQShning Anqaradagi elchixonasi holat yuzasidan munosabat bildirib, Izmirda amerikalik harbiylar hujumga uchragani va hozir xavfsiz ekanligini tasdiqladi.

“Turkiya hukumatiga voqeaga tezkor munosabat bildirgani va voqea yuzasidan tergov boshlagani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi bayonotda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati